Akademik Mirziyod Mirsaidov Toshkent pediatriya meditsina institutining akademik litseyida uchrashuv o‘tkazdi

Bu uchrashuvda litseyning 100 ga yaqin  o‘quvchilar, litsey direktori b.f.d., prof. Ortigali Eshonkulov, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti professori, t.f.d., T. Mavlonov  va litseyning kupgina yesh ukituvchilari  qatnashdilar. Uchrashuvni litsey direktori  prof. O. Eshonkulov   kirish so‘zi bilan  ochib, akademik M.Mirsaidovga so‘z berdi.

M.Mirsaidov Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan e’tibori, ularga yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida gapirdi. Ularni kelajakda  ilm-fanning yuqori cho‘qqilarini egallab,  xalk xujaligidagi va meditsinadagi yangi yutug va texnologiyalarni o‘zlashtirishga chaqirdi. O‘quvchilarga kelajakda davlatimiz ravnaqi uchun  faol xizmat qiladigan, yetuk mutaxasisslar  bo‘lib yetishishlari uchun o‘quvchilar  o‘qitilayotgan fanlarni chuqur o‘zlashtirishi, tinimsiz mehnat qilishi va har doim oldinga intilishi kerakligi haqida gapirildi.

M.Mirsaidov Prezidentimizning 22 dekabr 2017 yildagi Oliy Majlisi Senati va konunchilik palatasi  deputalariga kilgan murojatida, 2018 yilning yanvar oyida xarbiylar bilan uchrashganda, 6-aprel Uz FA usimliklar ximiyasi institutida va 2018 yilning may oyida Andijon viloyatida xalk bilan uchrashganda xam yeshlar masalisiga aloxida e’tibor berib, yeshlarga tegishli  bir kancha ilgor va yaxshi fikrlarni aytganliklari tugrisida xam aloxida tuxtadi.

Prezidentimiz aytgan fikrlarni amalga oshirish  uchun yoshlarimiz tinmasdan mehnat qilib, yaxshi o‘qishlari  va har tomonlama yetuk bo‘lish uchun esa chet tillarini bilishi  va ko‘p kitoblarni o‘qishga harakat qilishlari kerak deb ta’kidladi.

M.Mirsaidov oxirgi vaqtlarda davlatimizda bo‘layotgan yaxshi o‘zgarishlar haqida va Prezidentimizning AQShga  safarlari, undan keyin Andijon viloyatidagi xalk bilan uchrashuvlari xakida  ham qisqacha gapirib utdi.  Shu bilan birga M.Mirsaidov bunday yuksak akademiklik ilmiy unvonga erishishida Prezidentimizning katta hissalari borligini, ya’ni Fanlar Akademiyasining qayta tiklanishi, Fanlar akademiyasi va saylov nizomlarining o‘zgartirilib, demokratlashtirilganligi va  bu galdagi akademiklikka saylov ob’ektiv va shaffof o‘tganligi  aytib o‘tdi.

Yoshlarimiz ham mukammal bilimlar olib, ilm dargohlarida, ishlab chiqarishda,  meditsinada va farmsevtika soxalarida astoydil mehnat qilsalar kelgusida bundan ham ulkan natijalarga erishish imkoniyatlari mavjudligi hakida ham gapirib, bugungi kunda ilmiy xodimlarga Davlatimiz tomonidan bo‘layotgan e’tiborni,  Prezidentimizning  5-aprel 2018 yildagi maoshlarni oshirish to‘g‘risidagi qarori va Fanlar akademiyasining o‘simliklar kimyosi institutidagi uchrashuvlari to‘la tasdiqlashini aytib o‘tdi. Prof. T.Mavlonov xam suz olib ukuvchilarga manaviyat va ma’rifat xakida va biz kimni avlodlarimiz buni xech kachon esdan chikarmasligimiz kerakligi xakida gapirdi. Litsey o‘quvchilari va o‘qituvchilari tomonidan M.Mirsaidovga va  T.Mavlonovga  bir qancha savollar berildi.

Uchrashuv davomida litseyning  o‘quvchilari va  o‘qituvchilari ham  o‘zlarini ancha erkin tutishib,  faollik ko‘rsatishdi. Ular tomonidan bir qancha savollar berildi. Bu berilgan savollardan ularning ko‘p kitob o‘qiganliklari va o‘z yoshlariga qaraganda ancha yuqori bilimga ega ekanliklari ko‘rinib turar edi.

Keyinrok litseyning ukuvchilarini erishgan yutuglarini kurib, bu litseyda Uzbekiston gullari ukishiga ishonch xosil kildik. Berilgan savollarning  asosiy mazmuni quyidagilardan iborat bo‘ldi, biz jaxon olimpiadalarida katnashamiz, bilimimiz xech kimdan kam emas, lekin jaxon andozasiga tugri keladigan laboratoriyalarimiz bulmagani uchun, olimpiadalarda amaliy ishlarni bajarishga kiynalayapmiz, shunday laboratoriyalarni bizning litseyimizda xam tashkil kilish mumkinmi, kelajakda oliy o‘quv yurtlariga kirish va undan keyin xam ukishni davom etdirish uchun nima qilish kerak, olim va akademik bo‘lish uchun nima qilish kerak degan savollar bilan birga boshqa ximiya, biologiyaga, fizikaga tegishli xam bir qancha savolarni berishdi. Sizni Prezidentimiz akademik qilib sayladi, siz bu yutuqlarga qanday erishganligingiz haqida gapirib bersangiz, ilmda kanday natijalarga erishgansiz, nechta doktor  va fan nomzodi tayerlagansiz, kanday asarlar yezgansiz degan va  boshqa bir qancha shunga o‘xshash savollar berildi.

Shu bilan birga oxirga vaqtda o‘qigan badiy asarlaringiz hakida, kelajakdagi rejalaringiz haqida va Nobel mukofoti olish uchun nima qilish kerakligi  haqida   gapirib bersangiz deb xam so‘rashdi. O‘quvchilar va o‘qituvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga M.Mirsaidov  va T.Mavlonovlar  to‘la javob  berishga harakat qildilar. O‘quvchilar uzlarini savollarga kerakli  javoblarni olganliklari- dan  keyin ularning   kayfiyatlari kutarilganligi yakkol kurinib turar edi.

Uchrashuv  qiziqarli tarzda,  yuqori saviyada o‘tdi, bo‘lgan uchrashuvni o‘quvchilar ko‘tarinki ruh va katta ishonch bilan qabul qilishdi. Uchrashuv qatnashchilari va shaxsan litsey direktori O.Eshonkulov muxtaram Prezidentimizga  yoshlarga yaratayotgan imkoniyatlari uchun o‘z minnatdorchiliklarini  bildirdilar. Bu yoshlar kelajakda Prezidentimizga munosib o‘g‘il va qizlar bo‘lib yetishishga va’da berishdi.

Keyinchalik litsey direktori  bizni bu litseyning ukuvchilari erishgan yutuglari bilan tanishtirganidan keyin biz bu litseyga kelib uchrashuv utkazganimizdan va bu litseyni ukuvchilari bilan tashinganimizdan fakat faxranishimiz kerakligiga ishonch xosil kildik.

Bu litseyda Uzbekistonni gullari bilim olishar ekan. Ishonchim komilki bu litsey ukuvchilaridan kelgusida juda ulug olimlar, doktorlar va akademiklar chikadi. Bu litseyda bilim olaetgan ukuvchilar muxtaram Prezidentimishni ishonchini tula oklaydi degan umiddamiz.

Buni sababi litsey ukuvchilari jaxon Olimpiadalarida katnashib 41 ta medal soxib bulishgan ekan bu medallarni 5 tasi oltin kolganlari kumish va bronza medallaridir. Bundan tashkari litsey ukuvchilari jaxonda utkazilgan tOlimpiadalarda 100 ga yakin diplom va sertifikatlar olib kaytishgan.

Bu Olimpiadalar  fakat  SNG davlatlarida utkazilmagan,  bu Olimpiadalar AKSh, Daniya, Shvesiya, Tailand, Koreya, Singapur , Turkiya , Indoneziya , Vetnam va boshka uzok xorij davlatlarida utkazilgan bulib bizning ukuvchilarimiz bu Olimpiadalarda goliblikni kulga kiritib yurtimzni bayrogini balandlarga kutarishga erishgan. Bu Olimpiadalarda  eng rivojlangan davlatlarning ukuvchilari bizning ukuvchilarimiz bilan tenglasha olmagan . 

2017 yilda jaxon Olimpada goliblarining ismi sharifini aymasdan utsak  uzimizni gunoxkor xisoblaymiz. Bu jaxon Olimpiadasida medal goliblari A.Maxsumov (2 marotaba-Mendeleev va jaxon Olimpiadasi golibi), A.Xakimov(2 marotaba-Mendeleev va jaxon Olimpiadasi golibi), D.Xakimboeva, Kim Ok Sumlardir. Sizlarga xar doim omad va baxt yer bulsin . Ishonchimiz komilki bunday katta muvofakiyatlarga erishgan litseylar na fakat SNG davlvtlarida, bizning fikrimizcha jaxonda xam bulmasa kerak. Bu litseydan biz   juda xursand bo‘lib, yuqori kayfiyat bilan,  shunday o‘quvchilarga bilim berayotgan  maktab direktori b.f.d.,prof. O.Eshonkulovga va bu litseyni fidoyi o‘qituvchilariga shunday yeshlarni tarbiyalaetganliklari uchun bosh egib, mingdan - ming  rahmatlar  aytib qaytdik. Esdalik uchun uchrashuvda qatnashgan faol yoshlar bilan rasmga tushildi.